Yagona boshqaruv kompaniyasi MChJ haqida rasmiy ma’lumot
"Yagona boshqaruv kompaniyasi" mas’uliyati cheklangan jamiyati Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Nuriston qo‘rg‘onchasida faoliyat yurituvchi suv ta’minoti korxonasi bo‘lib, aholi va yuridik iste’molchilarni markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda kanalizatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Korxona Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tasarrufida faoliyat yuritadi.
Asosiy vazifalarimiz
- Aholini sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash
- Oqova suvlarni yig‘ish va tozalash xizmatlarini ko‘rsatish
- Suv va kanalizatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish
- Muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish
- Suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash
Tashkilotimizning asosiy maqsadi — aholining hayot sifatini yaxshilash, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
"Yagona boshqaruv kompaniyasi" MChJ o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida amalga oshiradi va hudud aholisiga sifatli xizmat ko‘rsatishni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi.