news

#Jarayon

14 Iyul 2026, 19:09 13 ko'rildi Administrator

Nuriston shaharchasida ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmati uchun to‘lovlardan yuzaga kelgan debitor qarzdorliklarni bartaraf etish bo‘yicha nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bugungi monitoring davomida muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud 1 nafar isteʼmolchi tarmoqdan uzildi.Shuningdek, 6 nafar isteʼmolchi ixtiyoriy ravishda qarzdorlikni bartaraf etishdi.Natijada jami 4 million so‘mdan ortiq qarzdorlik undirildi.

Monitoring jarayonlarida “Yagona boshqaruv kompaniyasi” MCHJ direktori Odilbek Omonov ham ishtirok etib, aholi vakillari bilan muloqot qildi.Nazorat tadbiri davomida ichimlik suvi sifati ham monitoring qilindi.